Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Borrel YEIga a’zo davlatlarni Isroil bilan siyosiy muloqotni to‘xtatishni taklif qildi

Borrel YEIga a’zo davlatlarni Isroil bilan siyosiy muloqotni to‘xtatishni taklif qildi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel hamjamiyat mamlakatlariga Isroil bilan siyosiy muloqotni to‘xtatishni taklif qildi.

Bu haqda Reuters 18 noyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan bir necha kun oldin Borrelning YEIga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlariga yo‘llagan xatiga tayanib xabar berdi.

Unda u Isroil harbiy amaliyoti chog‘ida G‘azo sektorida inson huquqlari buzilishi ehtimolidan xavotir bildirgan.

"Isroil bu xavotirlarga hali adekvat javob bermadi", - dedi u.

Siyosiy muloqot mexanizmi Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni tartibga soluvchi kelishuvda ko‘zda tutilgan.

"Ushbu holatlardan kelib chiqqan holda, men Yevropa Ittifoqiga Isroil bilan siyosiy muloqotni to‘xtatish uchun ikki tomonlama kelishuv inson huquqlari bandidan foydalanish taklifini ilgari suraman" - deb yozadi Borre.

Kiritildi: 11:35 14.11.2024. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!