Germaniya Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordamidan manfaat ko‘rmoqda, deb bayonot berdi GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Ukrainani «shunchaki vaziyatga qarab qo‘llab-quvvatlash» bosqichidan o‘tib, «tizimli va uzoq muddatli strategik sheriklik» aloqalarini o‘rnatmoqda.
«Bu nafaqat foyda keltiradi, balki tabiiyki, har ikki davlat xavfsizligiga, shuningdek, iqtisodiyot va sanoat rivojiga xizmat qiladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».