Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 265 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga, Xon Yunus va Bayt Lahiyaga hujum qilib, o‘nlab falastinliklarni o‘ldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar soni 37 718 kishiga yetdi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jeninga bostirib kirishdi. Nasistlar Al-Aqso shifoxonasini qamal qilib, uylarga snayper joylashtirdi. Jenin qarshilik kuchlari ishg‘ol buldozerini portlatib yubordi. 17 bosqinchi yaralangan.
▪️Al-Qassam brigadalari G‘azo janubida nasistlar guruhiga qarshi muvaffaqiyatli operasiya o‘tkazdi. Bosqinchilarning xabar berishicha, 14 askar yaralangan. Halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinmayapti.
▪️Husiylar Isroilning Sarah V konteyner kemasiga qarata tovushdan tez harakatlanuvchi ballistik raketa uchirgani videosini e’lon qildi. Bu bilan Yaman qarshilik harakati ballistik raketasini namoyish etgan ikkinchi davlatga aylandi. Birinchisi Rossiya edi.
▪️Iroq islomiy qarshilik kuchlari Husiylar bilan birgalikda Hayfa portidagi kemaga hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Damashqqa hujum qilishdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi yaralandi.
▪️BMT: 3 kun ichida Isroil harbiylari G‘arbiy Sohilda 113 ta hujum va hibsga olish reydlarini amalga oshirdi. 3 kun ichida 80 dan ortiq falastinlik qo‘lga olingan.