Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bomba sabab Toj Mahaldan mingga yaqin turist evakuasiya qilindi

Bomba sabab Toj Mahaldan mingga yaqin turist evakuasiya qilindi

Portlash xavfi sababli Toj Mahaldan mingga yaqin turist evakuasiya qilindi, deb xabar berdi One India.

Evakuasiya noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib ushbu tarixiy obida ichida bomba borligi to‘g‘risida xabar berganidan so‘ng amalga oshirilgan.

Hindiston qurolli kuchlari va Agra polisiyasi turistlarni zudlik bilan Toj Mahaldan olib chiqib ketgan va bombani qidirishga kirishgan. Ammo bomba topilmagan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, xabar yolg‘on bo‘lib, qo‘ng‘iroq Uttar-Pradesh shtatidagi Feruzobod shahridan amalga oshirilgan. 

Toj Mahal yarim yil yopiq turganidan so‘ng o‘tgan yilning 21 sentyabrida ochilgandi.

Kiritildi: 17:20 04.03.2021. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!