Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Xuan Karlos Kalvimontes ma’lum qildi.
" Hammasi bo‘lib 16 013 oila jabr ko‘rdi, 335 ta uy zarar ko‘rdi, 194 ta uy vayron bo‘ldi, 16 kishi halok bo‘ldi", - dedi u.
Kalvimontesning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatning to‘qqiz departamentida daryolarning qirg‘oqlaridan toshib ketish xavfi saqlanib qolmoqda. Suv toshqinlariga olib kelgan kuchli yomg‘irlar vaqtida rasmiylar 18,3 tonna gumanitar yordam tarqatgan.