Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Boliviyada avtobusning to‘qnashuvi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi

Boliviyada avtobusning to‘qnashuvi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi

Boliviya janubida ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda polisiyaga tayanib, mahalliy El País gazetasi xabar bermoqda.

"Bizda 37 ga yaqin halok bo‘lganlar va 30 ga yaqin jarohatlanganlar bor, ularning ahvoli hozircha baholanmoqda”, — deya Uyuni shahridagi chegara polisiyasi qo‘mondoni Uilson Flores so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

El País xabariga ko‘ra, avtobuslardan biri shu nomdagi sho‘rxona yaqinida joylashgan Uyuni shahridan mashhur karnaval bo‘lib o‘tadigan Oruro shahriga ketayotgan edi.

Hodisa sabablari hali aniqlanmagan.

Kiritildi: 23:56 01.03.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!