Prezident Luis Arse yo‘l-transport hodisasi qurbonlari sonini tasdiqladi. Avtobus Potosi departamentida boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib, balandligi 800 metrdan oshiq jarlikka qulagan.
Boliviya davlati rahbari, shuningdek, aybdorlarni aniqlash uchun tergov o‘tkazilishini talab qildi va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.