Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Boliviyada avtobus halokatida 20 kishi halok bo‘ldi

A A A
Boliviyada avtobus halokatida 20 kishi halok bo‘ldi

Boliviyada avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Chorshanba kuni La-Pas shahridan 400 km uzoqlikda joylashgan Kolomi markaziy munisipalitetidagi Kochabamba-Santa-Krus trassasida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, deya xabar beradi Kazinform Xinhua agentligiga tayanib.

Jami 39 kishi tan jarohati oldi va Kochabambadagi shifoxonalarga yetkazildi, og‘ir yaralangan yo‘lovchilar hamon reanimasiyada.

Jarohatlangan avtobus haydovchisi spirtli ichimlik tekshiruvidan o‘tkazildi, natijalari keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Hozirda voqea sodir bo‘lgan barcha holatlarga oydinlik kiritish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi yo boshqaruvni yo‘qotgan yoki avtobusda tormoz ishlamay qolgan, deb xabar beradi The Storiest.

Kiritildi: 10:02 19.08.2023. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!