Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, quyidagi hollarda odamlarni tashish taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
🔹transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
🔹traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk motosikllari yukxonasida;
🔹motosikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
🔹12 yoshga to‘lmagan bolalarni motosiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
🔹odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.