Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bolalar milliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi

Bolalar milliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Saidov Maksud Arifovich Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

1986 yilda tug‘ilgan M.Saidov Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagach, Rossiyaning akademik A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.

2015 yildan 2018 yilgacha ushbu nufuzli tibbiyot markazida vrach-kardioxirurg sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Germaniya va Belarus Respublikasining yetakchi klinikalarida malaka oshirgan.

2018 yilda O‘zbekistonga qaytib, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar kardioxirurgiyasi bo‘limi mudiri sifatida ish boshlagan.

Bir necha xorijiy tilda erkin muloqot qila oladigan M.Saidov 2020 yildan beri Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 15:15 27.03.2023. O'qildi: 2074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!