Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Bola parvarishi (dekret) ta’tili hozirda 3 yil emas 6 yil ish stajiga qo‘shib hisoblanadi

Bola parvarishi (dekret) ta’tili hozirda 3 yil emas 6 yil ish stajiga qo‘shib hisoblanadi

2022 yilgacha bo‘lgan davrda ayollarning bola parvarishida bo‘lish davri ko‘pi bilan 3 yil ish stajiga qo‘shib hisoblangan.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, 2022 yil fevral oyidan boshlab mazkur davr uzaytirilib jami 6 yil ish stajiga qo‘shiladigan bo‘ldi.

Bu nima degani?

Misol uchun, ayol kishining 30 yil mehnat staji davomida 3 nafar farzandi uchun ish stajining 8 yili mobaynida parvarishlash (dekret) ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda fuqaroga pensiya tayinlash uchun ish staji hisoblashda jami 28 yil ish staji hisoblanadi.

Ya’ni, 30 yil - 8 yil + 6 yil = 28 yil.

Ko‘rinib turibdiki, mazkur tartibning belgilanishi ham ayollarga qaratilayotgan yana bir muhim e’tibor hisoblanadi.

Ushbu ma’lumotdan xabari bo‘lmagan ayollarga yuborib qo‘ying.

Kiritildi: 11:34 07.11.2024. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!