Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Boku Yerevanning shov-shuvli bayonotiga javob berdi

Boku Yerevanning shov-shuvli bayonotiga javob berdi

Ozarbayjon prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Hikmet Hajiyev Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibining «Qorabog‘ Rossiya tomonidan Ozarbayjonga berilgani» haqidagi bayonotiga izoh berdi.

Hojiyev 44 kunlik Vatan urushida arman armiyasi mag‘lubiyatga uchraganini, 2023 yil sentyabr oyida esa terrorga qarshi operasiya natijasida arman qo‘shinlarining qoldiqlari 23 soatdan kamroq vaqt ichida qurolsizlantirilganini ta’kidladi.

«Afsus bilan qayd etish kerakki, bunday bayonotlar Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati tafakkurida revanshistik fantaziyalar saqlanib qolganligini aks ettiradi. Biz Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyatidagilarga revanshistik va revizionistik orzulardan butunlay voz kechishni, tarixiy xatolar takrorlanmasligi uchun harbiylashtirish siyosatini to‘xtatishni maslahat beramiz», — dedi Hikmet Hojiyev.

Avvalroq Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Rossiyani Qorabog‘ni bosib olib, keyinchalik Ozarbayjonga o‘tkazishda ayblagan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya keldi», Qorabog‘ni Armanistondan «olib tashladi», «Ozarbayjonga qaytardi, keyin tark etdi, bu butun haqiqat». Grigoryan Rossiyani Qorabog‘ni «qo‘lga olishda» aybladi. «Rossiyaning ruxsatisiz urush bo‘lmaydi», dedi u.

Kiritildi: 10:53 27.06.2024. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!