30 iyun – 7 iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston boks federasiyasi mazkur musobaqada Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz ishtirok etishini ma’lum qildi. Jamoa bugun Astanaga yetib bordi. Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:
-48 kg: Farzona Fozilova
-51 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Xumora Ma’majonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Sohiba Ro‘zmetova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva