Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Boks U22 Osiyo chempionati. Eng ko‘p finalchi O‘zbekistondan!

Boks U22 Osiyo chempionati. Eng ko‘p finalchi O‘zbekistondan!

Tailandda boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yaqinlashmoqda. Qizlar va erkaklar o‘rtasida final janglari qoldi.

O‘zbekiston delegasiyasi finalda 18 nafar bokschi bilan qatnashadigan bo‘ldi — 8 qiz va 10 erkak. Turnir jami 24 vazn toifasida tashkil etilgan (qizlar - 11ta, erkaklar — 13ta).

O‘zbekiston finalda ham qizlar, har erkaklar o‘rtasida eng ko‘p ishtirokchiga ega mamlakat sifatida qayd etildi. Tabiiyki, umumiy hisobda ham delegasiyamiz yaqqol yetakchi bo‘lib turibdi.

Qizlar turnirida Tailand va Mongoliya 4 nafar bokschi bilan finalda qatnashsa, Xitoy va Qozog‘iston 2 nafardan ishtirokchiga ega.

Yigitlar musobaqasida esa Qozog‘istonning 6 vakili finalgacha yetib keldi. Keyingi o‘rinlarni esa Tailand (3), Filippin (2), Xitoy (2), Mongoliya (1), Indoneziya (1) va Kamboja (1) delegasiyalari egallagan.

Qizlar o‘rtasidagi OCh finali 25 yanvar, yigitlar o‘rtasidagi final janglari esa 26 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 08:44 24.01.2023. O'qildi: 2545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!