Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Boks. Terma jamoamizning 4 nafar a’zosi Bolgariyadagi musobaqada finalga yo‘l oldi.

A A A
Boks. Terma jamoamizning 4 nafar a’zosi Bolgariyadagi musobaqada finalga yo‘l oldi.

Bolgariya mezbonligida o‘tayotgan “Strandja” musobaqasining chorak final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi va ular orasida 4 nafari yarim finalga yo‘l oldi.

Chorak final bosqichida vazni -50 kg. bo‘lgan Sabina Boboqulova mezbonlar vakilasi Venelina Poptolevani, -57 kg. vaznda esa Humorabonu Mamajonova hindistonlik Sakshini 3:2 hisobida yengdi. Erkaklar o‘rtasidagi -86 kg. vazn toifasida Samandar Jalolov va Jugnoo (Hindiston), vazn og‘irligi +92 kg. bo‘lgan Jahongir Zokirov hamda Sagar (Hindiston) bellashuvi 5:0 hisobida yakunlandi. Afsuski, Madiyar Saydrahimov o‘z vaznida irlandiyalik Marley Jackga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 75-marotaba tashkil etilayotgan mazkur musobaqada chorak final bahslari davom etmoqda. “Strandja” turnirining final janglari 11 fevral kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 10:29 09.02.2024. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!