Tailandda davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ayollar ishtirokidagi yarim final bahslari yakunlandi.
Kecha 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi qizlar ringga ko‘tarildi va ulardan 7 nafari hal qiluvchi bosqichga chiqdi. Sabina Boboqulova va Sohiba Ro‘zmetovaga esa biroz omad yetishmadi, ular musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.
Ayollar terma jamoamiz qit’a birinchiligida eng ko‘p final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa bo‘lib turibdi. Vakillarimizdan 7 nafari finalda ishtirok etadi, keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (5) va mezbonlardan 4 nafar bokschi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Finalga yo‘l olgan bokschilar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Aziza Yaqubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva.