Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Boks. Iqboljon Xoldorov mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda

A A A
Boks. Iqboljon Xoldorov mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda

Xoldorov professional boksdagi 5-jangini 16 aprel kuni Meksikada Eleazar Valensuela Karrilyoga qarshi o‘tkazdi.

Prof boksda -64 kg vazn toifasida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan andijonlik sportchi bu safargi jangida ham ringda ishonchli harakat qildi. U 1- raundning o‘zidayoq raqibiga kuchli va aniq zarbalar yo‘lladi, natijada referi jangni to‘xtadi.

Shu tariqa 26 yoshli bokschi muddatidan oldin jang g‘olibi deb topildi. Bu Xoldorovning ketma-ket 5- g‘alabasi bo‘ldi.

Valensuela esa faoliyatidagi 57-jangda 26-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Uning hisobida 25 g‘alaba va 6 durang ham bor.

Kiritildi: 07:39 17.04.2023. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!