Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 120 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik“ chegara bojxona postida yo‘lovchilardan biri 114 gr. og‘irlikdagi 12 dona zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ma’lum qilinmagan mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 120 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, viloyat bojxonachilari joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 1,5 mlrd so‘mlik salkam 1,5 kg og‘irlikdagi zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishdi.