Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bojxonada qonunchilik talablarini buzganlik uchun moliyaviy jarimalar belgilanadi

Bojxonada qonunchilik talablarini buzganlik uchun moliyaviy jarimalar belgilanadi

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda hujjatlarni majburiy tarzda Texnik jihatdan nazorat inspeksiyasi tekshiruvidan o‘tkazish bekor qilinadi.

Bojxona sohasida qonunbuzilish holatlarining oldi olinadi.

“Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–250-son, 17.12.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2028 yil 1 yanvardan bojxona sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibi joriy etiladi.

2026 yil 1 maydan tashqi savdoga oid notarif tartibotlarni belgilashning quyidagi shaffof mexanizmi joriy etiladi:

- taqiq va cheklovlar reestri yuritiladi, ularni o‘rnatishdan kamida 3 oy oldin “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi;

- vakolatli davlat idoralari, ularning quyi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan har bir turdagi xizmatlar uchun yig‘imlar (to‘lovlar) miqdori va kalkulyasiyasi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi;

- mazkur talablarga rioya etilmasdan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, yig‘imlar ijroga qaratilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

- muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda hujjatlarni majburiy tarzda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tekshiruvidan o‘tkazish;

- sertifikatlash organlarida belgilangan tartibda davriy baholash o‘tkazmasdan turib O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ularni elektron tizimdan uzib qo‘yish;

- muvofiqlik sertifikati berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror mavjud bo‘lmaganda hamda xorijiy davlatlar ma’lumotlari asosida mahsulotlarni sertifikatlash jarayoniga cheklov va taqiq o‘rnatish.

2026 yil 1 maydan tovarlarni davriy deklarasiya orqali rasmiylashtirishda bojxona to‘lovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganda har bir partiya uchun alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 23:46 23.12.2025. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!