Joriy yilning 28 fevralida bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kirib kelgan yuklar tegishli tartibda “Z-Portal” inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida skanerdan o‘tkazilgan.
Yuklarning rentgen tasviri va yuk kuzatuv hujjatlari o‘rtasida tafovutning mavjudligi bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatgan.
Ko‘rik jarayonida esa, bojxona yuk deklarasiyasida faqatgina bir nom ostida ko‘rsatilgan yuklar aslida bir-biridan batamom farqlanuvchi tovarlar ekanligi aniqlandi.
Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida amalga oshirilgan ushbu noqonuniy xatti-harakat o‘z vaqtida aniqlanishi natijasida umumiy qiymati 4 milliard 158 million so‘m bo‘lgan tovar moddiy boyliklari vaqtincha saqlovga olingan.
Holat yuzasidan esa, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.