Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga 98 trln so‘mga yaqin mablag‘ o‘tkazilgan

A A A
Bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga 98 trln so‘mga yaqin mablag‘ o‘tkazilgan

Ma’lumki, Konstitusiyamiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu sababdan, 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun, qolaversa, Bosh qomusimizning qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Bojxona qo‘mitasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitusiyasida mustahkamlab olishi, shuningdek har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitusiya va qonun ustuvorligining ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlandi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitusiyamiz joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumda xalqimiz tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlangani ulkan tarixiy voqea bo‘lgani qayd etildi.

— Yangilangan normalar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyaning amaldagi natijasi desa mubolag‘a bo‘lmaydi, — deydi Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov. — Davlatimiz rahbari olib borayotgan har tomonlama chuqur o‘ylangan islohotlar doirasida bugungi kunda ijtimoiy ob’ektlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlarida bojxona organlarining ham munosib hissasi bor. Jumladan, ijtimoiy soha ob’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida bojxona organlari tomonidan respublika bo‘yicha 20 ga yaqin ob’ektda qurilish, ta’mirlash hamda jihozlash ishlari tashkil etildi. Samarqand viloyatining 1 ming 120 dan ziyod mahallalaridagi aholi xonadonlarini hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini qish mavsumiga tayyorlash ishlariga amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.

Aniqlangan 36 mingga yaqin bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 1,6 trillion so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasi, 10 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari hamda 963 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarning noqonuniy olib o‘tilishi fosh qilindi.

Tadbirda mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitusiyamiz asosida amalga oshirilgani, uning haqiqatan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan siyosiy hujjat ekanligi qayd etildi.

Kiritildi: 15:35 08.12.2023. O'qildi: 831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!