Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bog‘chada "sirk qo‘yganlar" aniqlandi

Bog‘chada "sirk qo‘yganlar" aniqlandi

Joriy yilning 24 oktyabr sanasida Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida asli Ishtixon tumanidan bo‘lgan fuqarolar bo‘g‘ma ilon bilan sirk tomoshasi namoyish etgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shrabot tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida Ishtixon tumanida yashovchi B.M. va I.B.lar MTM 60 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarining ko‘z o‘ngida bo‘g‘ma ilon (qizil kitobga kiritilgan, noqonuniy ravishda saqlangan yo‘lbars pitoni- uzunligi 2,50 metr) bilan sirk tomoshasini namoyish qilgan. Ularning Qo‘shrabot tuman hududida 31 dekabrga qadar zamonaviy sirk tomoshalarini o‘tkazish uchun ruxsatnomasi bo‘lsada, dastur doirasida “ilon o‘yini” ko‘zda tutilmagan.

“Tekshirish davomida B.M. va I.B.lar tomonidan moddiy manfaatdorlik evaziga Qo‘shrabot tumanida joylashgan yana 8 ta umumta’lim maktablarda ham mazkur bo‘g‘ma ilon bilan sirk tomoshasi o‘tkazilganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng, sirk xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda saqlangan yo‘lbars pitoni mutaxassislar ishtirokida hujjatlashtirilib, viloyat Ekologiya boshqarmasiga tegishli tartibda topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilib, vaziyatga huquqiy baho berish yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilayotgani qayd etilgan.

Kiritildi: 06:39 03.12.2024. O'qildi: 1377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!