Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

«Boeing» ishi bo‘yicha ma’lumot tarqatuvchilar sirli tarzda vafot etmoqda

«Boeing» ishi bo‘yicha ma’lumot tarqatuvchilar sirli tarzda vafot etmoqda

AQShda Boeing samolyotlarini ishlab chiqarishdagi qonunbuzarliklar haqida xabar bergan yana bir xabarchi sirli ravishda vafot etdi.

Sobiq sifat auditori Joshua Din «kutilmagan, tez boshlangan infeksiyadan» keyin vafot etdi. 45 yoshli erkak sog‘lom turmush tarzini olib borgan va hech narsadan shikoyat qilmagan. Bir yil oldin Joshua Din sudda kompaniyaning Boeing, xususan, 737 MAX modeli xavfsizligiga qanchalik beparvo munosabatda bo‘lganini aytgan edi. Aynan ishlab chiqarishdagi xatolar, uning fikriga ko‘ra, bir qator samolyot halokatlariga sabab bo‘lgan. Va yangi eshituvlar boshlanishidan bir necha kun oldin u o‘zini yomon his qilgan va kasalxonaga yo‘l olgan, ammo shifokorlar unga yordam bera olmagan.

Bir oy oldin Boeingga qarshi yana bir ish guvohi o‘z joniga qasd qilgan. Ikkala holatda ham, qurbonlarning qarindoshlari, ular to‘sodifiy o‘limdan bir necha kun oldin mutlaqo sog‘lom va o‘zlarini odatdagidek tutganliklarini aytishmoqda.

Kiritildi: 16:45 02.05.2024. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!