BMT Xavfsizlik Kengashi 6 may kuni BAAga qilingan hujumlar yuzasidan yopiq majlis o‘tkazadi. Bu haqda Al Jazeera diplomatik manbaga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar 4 may kuni boshlangan. Fujayra portidagi neftni qayta ishlash hududiga dron hujumi uyushtirilib, yong‘inga sabab bo‘lgan.
BAA Mudofaa vazirligi bildirishicha, havo mudofaasi kuchlari bir kun ichida 15 ta raketa va 4 ta dronni urib tushirgan. Hujumlar oqibatida kamida uch kishi jarohat olgan.
BAA rasmiylari ushbu hujumlar uchun Eronni ayblamoqda.
Ertasi kuni ham raketa va dron hujumlari davom etgani ma’lum qilingan. Reuters xabar berishicha, xavfsizlik sababli mamlakatda parvozlarga cheklovlar joriy etilgan.