Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

BMT Xalqaro sudi Armaniston va Ozarboyjonning Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro masalasidagi bir-biriga qarshi da’volarini ko‘rib chiqish huquqiga ega

BMT Xalqaro sudi Armaniston va Ozarboyjonning Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro masalasidagi bir-biriga qarshi da’volarini ko‘rib chiqish huquqiga ega

BMT Xalqaro sudi Armaniston va Ozarboyjonning Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro masalasidagi bir-biriga qarshi da’volarini ko‘rib chiqish huquqiga ega ekanligini ma’lum qildi.

Erevan Bokuni Tog‘li Qorabog‘da “Irqiy kamsitishlarga qarshi xalqaro konvensiya”ni buzganlikda aybladi. Boku ham Yerevanga qarshi xuddi shunday da’volarni taqdim etdi. Ozarboyjonning Armanistonga qarshi da’vosida sud arman tomonining uchta e’tirozidan ikkitasini ma’qulladi. Ozarboyjon tomonining barcha dastlabki e’tirozlari rad etildi.

Ayni paytda Janubiy Kavkazning ikki davlati rasmiy tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 10 noyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Germaniya kansleri Olaf Sholsga Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi matni bo‘yicha deyarli kelishib olganini aytdi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan uning mamlakati shu maqsadda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 13:33 13.11.2024. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!