“BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–5896-son, 24.12.2019 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Shuningdek, Farmonga ko‘ra:
? BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizalari O‘zbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
? BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning o‘zida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) bo‘lishi lozim.