Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

BMT pandemiya keltirib chiqargan oziq-ovqat taqchilligidan ogohlantirdi

BMT pandemiya keltirib chiqargan oziq-ovqat taqchilligidan ogohlantirdi

Koronavirus pandemiyasi oqibatida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘tgan yilga nisbatan ko‘tarildi. Shu sababli, qashshoq mamlakatlarning 2021 yilda oziq-ovqat inqiroziga duch kelish xavfi yanada ortdi. Bu haqda BMTning maxsus vakili Agnes Kalibata ma’lum qilgan.

“COVID-19 tufayli oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi, ba’zi joylarda aholining katta qismi ularni sotib olishga qurbi yetmay qoldi. Bu yilgi oziq-ovqat masalasi o‘tgan yilga nisbatan yanada  keskinlashadi”, deydi maxsus vakil.

Kalibataning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilda asosiy zarba bozorlarga tushgan. 

“Karantin rejimining joriy etilishi tufayli oziq-ovqat bozorlari yopildi va bu dehqonlar ahvolining yomonlashishiga olib keldi”, deydi BMT maxsus vakili.

Kalibataning ta’kidlashicha, Keniya, Somali va Efiopiya kabi Afrika mamlakatlarining ahvoli oziq-ovqat narxlarining sezilarli darajada ko‘tarilishi, uning tanqisligi hamda jiddiy qurg‘oqchilik mavsumi tufayli murakkablashmoqda.

manba:qalampir.uz

Kiritildi: 22:35 15.02.2021. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!