Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

BMT: G‘azodagi maktab va universitetlarning 90 foizdan ortig‘iga zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan

BMT: G‘azodagi maktab va universitetlarning 90 foizdan ortig‘iga zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan

BMTning Mustaqil xalqaro tergov komissiyasiga ko‘ra, Falastin anklavida “bolalar, jumladan, o‘smirlar ta’limi va o‘qituvchilarning hayoti achinarli ahvolda.

Isroil armiyasining hujumlari oqibatida G‘azo sektoridagi maktab va universitet binolarining 90 foizdan ortig‘iga zarar yetgan yoki vayron bo‘lgan. Bu haqda BMT mustaqil xalqaro tergov komissiyasining bosib olingan Falastin hududi, jumladan, Sharqiy Quddus va Isroil masalalari bo‘yicha hisobotida aytiladi.

“Komissiya Isroil G‘azodagi maktab va universitet binolarining 90 foizdan ortig‘iga havo hujumlari, artilleriyadan o‘q uzish, o‘t qo‘yish va nazorat ostidagi portlashlar orqali zarar yetkazgani yoki vayron qilganini aniqladi”, deyiladi matnda. Komissiya hisob-kitoblariga ko‘ra, Falastin anklavida sharoit “bolalar, jumladan, o‘smirlar ta’lim olishi va o‘qituvchilar hayotini imkonsiz qiladigan” sharoitda. Qayd etilishicha, G‘azoda 658 mingdan ortiq bola 20 oydan beri maktabga bormagan, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 16:30 10.06.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!