G‘azoda 50 mingga yaqin bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik sababli davolanishga muhtoj. G‘azoga insonparvarlik yordami oqimiga cheklovlar davom etar ekan, Falastin anklavining aholisi «dahshatli ocharchilik»ga duch kelishda davom etmoqda.
Bu haqda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi X ijtimoiy tarmog‘idagi nashrida aytiladi.
Nashrning qayd etishicha, UNRWA xodimlari oilalarga yordam yetkazish uchun tinimsiz ishlamoqda, biroq G‘azo sektoridagi vaziyat halokatli.
UNRWA blokadadagi G‘azo sektorida yana o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
2023 yil 7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 37296 falastinlik halok bo‘ldi, ulardan kamida 15694 nafari bola va 10279 nafari ayol, 85197 nafari esa yaralangan.
Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida qolmoqda.