Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

BMT Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

A A A
BMT Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

BMT sanksiyalari to‘xtatilganidan 10 yil o‘tib, Eronga qarshi yana joriy etiladi. Ular 28 sentyabr kunidan yana kuchga kirdi. Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi ko‘pchilik ovoz bilan Xitoy va Rossiya tomonidan taklif etilgan va Eronga qarshi yengillashtirilgan sanksiyalar rejimini 6 oyga uzaytirish to‘g‘risidagi rezolyusiyani bloklagan edi. Kelgusi haftada Eronga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ham yana kuchga kirishi kerak.

Eron yadro dasturini cheklaydigan yadroviy kelishuv muddati shu yilning oktyabr oyida tugaydi, aynan shu kelishuvga asosan sanksiyalar yumshatilgan edi.

Bir oy oldin Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kelishuv tugaganidan keyin ularni amalga oshira olmasligidan qo‘rqib, Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash jarayonini boshlagan edi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Eron ushbu kelishuvda ko‘rsatilgan uranni boyitish bo‘yicha cheklovlarni allaqachon buzgan. Eron, o‘z navbatida, 2018 yilda AQSh undan chiqqanidan keyin yadroviy kelishuvga rioya qilishga majbur emasligini ta’kidlamoqda.

Qayta tiklangan sanksiyalar Eron iqtisodiyotining bank, uglevodorod va mudofaa sohalariga zarba beradi.

23 sentyabr kuni Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy Eron yadro qurolini yaratmoqchi emasligini aytib, iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirish uchun uranni boyitish dasturi muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:45 28.09.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!