Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

BMT Erondan afg‘onistonliklar uchun chegarani yopmaslikni so‘radi

A A A
BMT Erondan afg‘onistonliklar uchun chegarani yopmaslikni so‘radi

Birlashgan millatlar tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi (QBOK) Eronni xavfsizlik holati yomonlashgani sababli uylarini tashlab ketayotgan afg‘on fuqarolari uchun chegarani yopmaslikka chaqirdi. Bayonotda ta’kidlanganidek, 200 ga yaqin afg‘onistonlik kuchli janglar tufayli dam olish kunlari Nimroz viloyatidan Eronga qochib o‘tgan, deb yozadi “TASS”.

“Qochqinlar ishlari bo‘yicha komissar bu hafta Afg‘onistondagi mojarolarning keskin avj olishidan juda xavotirda. Mamlakat janubi-g‘arbidagi Nimroz viloyatida tobora kuchayib borayotgan to‘qnashuvlar fonida, ikki yuzga yaqin afg‘on qochqinlari hafta oxirida Eron Islom Respublikasiga qochishga majbur bo‘lishdi”, - deyiladi idorada.

BMT Eron hukumatini "Afg‘onistonda gumanitar inqiroz kuchayib borayotgani sababli Milak chegara punktini ochiq saqlashga" chaqirdi, aks holda "minglab odamlarning hayoti xavf ostida bo‘lishi mumkin". Oliy komissar idorasi "(qochqinlarni) qabul qilish tashkilotiga shoshilinch yordam ko‘rsatishga tayyorlanmoqda", deyiladi xabarda.

Hozir Eronda Afg‘onistondan 1 millionga yaqin qochqin ro‘yxatga olingan.

Kiritildi: 10:47 11.08.2021. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!