Bu haqda tashkilotning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotida aytilgan.
"Bizda blokada olib tashlangan zahoti tarqatish uchun tayyor bo‘lgan katta miqdordagi zaxiramiz bor. Biz dunyo yetakchilarini buning amalga oshishi uchun o‘z ta’siridan foydalanishga chaqiramiz. Hozir buning vaqti", deyiladi bayonotda.
Boshqarma Isroilning tinch aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun jangovar zonalarga yo‘naltirish rejasini "asosiy gumanitar tamoyillarga zid" deb atadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqiz haftadan beri G‘azoga yordam yetib bormagan, chunki Isroil yuklarni yetkazib berishni to‘liq blokadaga olgan. Shu bilan birga, insonparvarlik yordamini yetkazish haqidagi aksariyat so‘rovlar Isroil tomontdan rad etilmoqda.