Antonio Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, odamlarni G‘azodan majburan ko‘chirish xalqaro huquqqa ziddir. Inson huquqlari himoyachilari etnik tozalash kabi g‘oyalarni qoralaydi.
"Biz muammoga yechimga erishish yo‘llarini izlashda vaziyatni yanada og‘irlashtirmasligimiz kerak. Xalqaro huquq asoslariga sodiq qolish muhim. Etnik tozalashning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Shuningdek, “ikki xalq - ikki davlat” g‘oyasi bo‘yicha pozisiyamizni yana bir bor tasdiqlayman", — deya ta’kidladi Guterrish BMT yig‘ilishida.