Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

BMT Bosh kotibi Livandagi tinchlikparvar kuchlarga qilingan hujumni qoraladi

BMT Bosh kotibi Livandagi tinchlikparvar kuchlarga qilingan hujumni qoraladi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Livan janubidagi tinchlikparvar kontingentga qilingan hujumni qoraladi, natijada bir fransuz askari halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi.

Bu haqda BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik bayonotida aytilgan.

Bayonotga ko‘ra, Guterresh Livandagi BMTning vaqtinchalik kuchlariga qilingan hujumni qattiq qoraladi va barcha tomonlarni xalqaro huquqni hurmat qilishga va BMT xodimlari va mulkining xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

BMT tinchlikparvar kuchlarga qilingan hujumlar xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi ekanligini va urush jinoyatiga teng kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Livan janubidagi hujumda UNIFILda xizmat qilayotgan fransuz askari halok bo‘lganini e’lon qilgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yana uch askar yaralangan va evakuasiya qilingan. Makron mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Hizbulloh hujum uchun javobgar bo‘lishi mumkinligini aytdi va Livan rasmiylarini jinoyatchilarni qo‘lga olish va tinchlikparvarlik missiyasi bilan birgalikda tartibni saqlash choralarini ko‘rishga chaqirdi.

"Hizbulloh" o‘z navbatida har qanday aloqadorlikni rad etdi. Guruhning Telegram kanali orqali tarqatilgan bayonotda Livan armiyasining tergovi tugaguniga qadar xulosa chiqarishdan tiyilishga chaqirilgan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!