Antoniu Guterrish yadro quroliga ega bu ikki davlat – Pokiston va Hindistonni urush yoqasidan qaytib, eng yuqori darajadagi muzokaralarni boshlashga undadi.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar Kashmirda sayyohlarga hujum qilinishi va buning oqibatida 26 nafar odam halok bo‘lganidan keyin yomonlashgan edi. Nyu-Dehli ushbu hujumda Pokistonni ayblamoqda, Islomobod esa bu ayblovni rad etmoqda.