Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 1945 yilda Nagasakidagi atom bombasi portlashi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi, biroq portlash uchun javobgar davlat nomini aytmadi.
Nagasakidagi marosimda Guterrishning nutqini uning qurolsizlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Izumi Nakamitsu o‘qib eshittirdi.
“Ushbu marosim insoniyat uchun misli ko‘rilmagan dahshat – 78 yil avval Nagasakidagi atom qurolidan foydalanishni eslash imkoniyatidir”, — deya Nakamisudan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, xabarda AQSh haqida birorta ham eslatma yo‘q.