Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

BMT: 100 mingga yaqin odam Livandan Suriyaga qochgan

BMT: 100 mingga yaqin odam Livandan Suriyaga qochgan

BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandining so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Livandagi Hizbulloh harakatiga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri, Suriya bilan chegaraga kelayotgan odamlar oqimi to‘xtamayapti. Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari mahalliy hokimiyat va Qizil Yarim Oy jamiyati xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan to‘rtta nazorat punkti faoliyat olib boradi.

Qayd etilishicha, qochqinlarning 60 foizga yaqini suriyaliklar, qolganlari livanliklardir.

Avvalroq Livan bosh vaziri Najib Mikati Isroilning yirik havo hujumlari boshlanganidan keyin uyini tashlab ketganlar soni bir millionga yaqinlashganini aytgan edi. U buni "Livan tarixidagi aholining eng katta ko‘chishi" deb atadi.

Kiritildi: 22:50 30.09.2024. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!