Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Bloomberg: Umerov Yevropadagi ittifoqchilarga snaryadlar yetishmasligi haqida ma’lum qildi

A A A
Bloomberg: Umerov Yevropadagi ittifoqchilarga snaryadlar yetishmasligi haqida ma’lum qildi

"Ukraina artilleriya snaryadlarining keskin tanqisligi haqida ogohlantirdi", deya xabar bermoqda Bloomberg mudofaa vaziri Rustem Umerovning Yevropa Ittifoqidagi ittifoqchilarga yo‘llagan maktubiga tayanib.

Agentlikka ma’lum hujjatga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi har kuni frontda Ukraina Qurolli kuchlariga qaraganda uch barobar ko‘p snaryadlardan foydalanmoqda.

Umerovning maktubiga ko‘ra, Ukraina Rossiya hujumlarini qaytarish uchun butun 1500 kilometrlik front chizig‘i bo‘ylab kuniga 2000 dan ortiq snaryad ishlatadi, Ukraina Qurolli Kuchlariga esa oyiga 200 ming dona 155 millimetr kalibrli snaryadlarga extiyoj bor.

"2023 yilning mart oyida YEI Kiyevga bir yil ichida 1 million dona artilleriya snaryadlari yetkazib berishga qaror qilgan, biroq shu kungacha atigi 330 mingta snaryad yetkazib berilgan", deya qayd etadi dpa agentligi.

Kiritildi: 20:18 01.02.2024. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!