Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

“Bloomberg” sobiq rahbari va uning oilasi o‘z uyida o‘lik holda topildi

“Bloomberg” sobiq rahbari va uning oilasi o‘z uyida o‘lik holda topildi

“Bloomberg” sobiq rahbari, rafiqasi va qizining jasadlari AQSh Janubiy Karolina shtatining Greer shahridagi uyidan topildi, deb xabar bermoqda “The New York Post” nashri.

– Hokimiyat qurbonlar 54 yoshli Richard Samarel, 45 yoshli Lina Mariya Samarel va ularning qizi Samanta Samel ekanligini aniqladi, - deyiladi xabarda.

Polisiya o‘limning rasmiy sababini aytmagan, biroq bu voqea mahalliy aholi uchun hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidlagan.

“Bloomberg” sobiq rahbari va uning oilasi o‘z uyida o‘lik holda topildi

Richard Samarel “Bloomberg LP” da aksiyalar bo‘yicha menejer bo‘lib ishlagan, uning rafiqasi Lida esa hukumat xodimasi edi.

– Oila 800 ming dollarlik hashamatli qasrda yashagan, - deya yozgan nashr.

Ma’lumot uchun: ”Bloomberg LP” AQShda moliya bozori ishtirokchilari uchun iqtisodiy axborotlar yetkazib beruvchi yirik xususiy kompaniya hisoblanadi. Unga 1981 yilda Maykl Blumberg asos solgan. 2008 yil iyul oyida Maykl Blumberg “Merrill Lynch” kompaniyasining 20 foizlik ulushini sotib oldi va hozirda 88 foizlik aksiya kompaniya asoschisiga tegishli.

Kiritildi: 17:52 01.04.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!