Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketi 2025 yil 24 fevralgacha qabul qilinishi mumkin.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, unga savdoga qo‘shimcha cheklovlar, shuningdek, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar kiritilishi mumkin.
Shu bilan birga, agentlikning ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda Yevropa Ittifoqi muzokaralar chog‘ida Vengriya tez-tez veto huquqidan foydalanganligi sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ma’qullash tobora qiyinlashmoqda.