Evropa Ittifoqi ijroiya organi a’zo davlatlarni BAA Rossiyaga bir qator tovarlar yetkazib berish hajmini kamaytirishga kelishib olgani haqida ma’lum qildi.
Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Turkiya ham xuddi shunday chora ko‘rmoqda.
“Ushbu choralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reeksportga taalluqli bo‘ladi va Rossiyaga harbiy tovarlar oqimini to‘smoqchi bo‘lgan Ukraina ittifoqchilarining g‘alabasini ifodalaydi”, — deyiladi maqolada.