Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bloomberg: Arab davlatlari Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli «ikkinchi arab bahori»dan qo‘rqishmoqda

Bloomberg: Arab davlatlari Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli «ikkinchi arab bahori»dan qo‘rqishmoqda

Ayrim arab davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni va BAA ham Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli musulmonlar «ikkinçi arab bahori»ni keltirib chiqarishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Qayd etilishicha, isroilning G‘azo va Livandagi harbiy harakatlari arab mamlakatlari aholisining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, maqolaga ko‘ra, «ikkinchi arab bahori»ning sabablari «qashshoqlik, korrupsiya, ishsizlik, siyosiy taqiqlar va zulm» bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Arab bahori 2010 yillar boshida arab dunyosining katta qismini – Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab olgan zolim hukumatlarga qarshi namoyishlar, qo‘zg‘olonlar va qurolli noroziliklar ko‘rinishida sodir bo‘lgan edi. Natijada Yaman, Misr va Tunisda inqiloblar sodir bo‘ldi, Liviya va Suriyada fuqarolar urushlari boshlandi, shuningdek, Iroq, Iordaniya, Jazoir, Bahrayn, Ummon va Marokashda ommaviy qo‘zg‘olonlar boshlangan edi.

Kiritildi: 16:36 05.10.2024. O'qildi: 2287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!