Avvalroq o‘zbekistonlik bloger Doniyor Kayumov aktrisa Sitora Farmonovadan javob kutayotgani, blogerninginstagramdagi o‘z sahifasida u bilan birga tushgan suratlarini muntazam joylab kelgani haqida yozgan edik.
Blogerga javoban aktrisa ham o‘zining instagramdagi sahifasiga bloger bilan tushgan suratlari va videolarini joylayotgan edi. Lekin keyinchalik aktrisa ushbu suratlar va videolarni o‘chririb tashladi. Bugun bloger o‘zining sahifasida ushbu holatga tushina olmayotganini, aktrisa uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayoganini aytib, videomurojaat qoldirdi.
Bu haqda "everyday.uz" xabar berdi.
“Bugun menda katta yangilik bor. Sitora gap yo‘q lekin, qoyil qoldim. Hammasi zo‘r ketayotgan edi, baxtli kunlar, videolar... Lekin keyin siz obunachilarim qatorini tark etdingiz, hamma suratlarni olib tashladingiz. Telefon qilsam, ko‘tarmayapsiz. Men yuragimni sizga ochib, yaqin bo‘lib, sizni yaqin olsamu siz bunaqa narsa qilyapsiz. Bu odamga juda alam qiladi. Qanaqadir fikrlar uchunmi yoki kimdir miyangizni zaharladimi, bilmayman. Lekin yaxshi ish bo‘lmadi, bekor qildingiz, Sitora”, – deydi bloger o‘z videomurojaatida.
Lekin bloger Sitoradek ish tutmaganini ko‘rish mumkin. Doniyor aktrisa bilan tushgan barcha surat va videolarini o‘z sahifasida qoldirgan.
Videomurojaatining so‘nggida Doniyor “hammasi uchun rahmat”, deya izoh qoldirgan.