Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Blinken va Turkiya vaziri Fidan Ukraina va Kavkazdagi vaziyatni muhokama qilishdi

A A A
Blinken va Turkiya vaziri Fidan Ukraina va Kavkazdagi vaziyatni muhokama qilishdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh davlat kotibi Antony Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat rasmiylari Ukraina va Janubiy Kavkazdagi so‘nggi vaziyat yuzasidan fikr almashgan.

Telefon muloqotida asosan Suriyadagi so‘nggi vaziyat muhokama qilindi.

Vazir Fidan o‘z mamlakati mintaqada beqarorlikni kuchaytiradigan har qanday hodisaga qarshi ekanligini va shu nuqtai nazardan Suriyadagi keskinlikni kamaytirishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Fidan Suriyada tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatish maqsadida hukumat va muxolifat o‘rtasidagi siyosiy jarayonni yakunlash muhimligini ta’kidlab, tinch aholiga qarshi hech qanday terrorchilik harakatiga hech qachon yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi.

Vazir, shuningdek, Livan va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi

Kiritildi: 10:01 02.12.2024. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!