Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Blinken gitara chalib, qo‘shiq kuyladi

Blinken gitara chalib, qo‘shiq kuyladi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Davlat departamenti tomonidan o‘tkazilgan qabul marosimida gitara chalib, qo‘shiq kuyladi. U “The Hoochie Coochie Men” qo‘shig‘ini kuylayotgani tasvirlangan videoni o‘zining X’dagi sahifasiga joylagan.

“Musiqa va diplomatiyani uyg‘unlashtirish uchun bugungi imkoniyatni qo‘ldan boy bermadim. Davlat departamentining yangi Global musiqa diplomatiyasi tashabbusini ishga tushirish juda yoqimli edi”, deya izoh qoldirgan Blinken.

Davlat kotibi musiqani diplomatiya vositasiga aylantirishga qaratilgan “Global musiqa diplomatiyasi tashabbusi” nomli loyihani shu tarzda ochib berdi.

Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Amerikaning dunyo bo‘ylab ingliz tilini o‘rganishni rag‘batlantirishga qaratilgan qiymati 40 mlrd dollarlik dasturida musiqaga alohida o‘rin ajratiladi.

“Agar siyosat bo‘lmaganida, Blinken cover guruhida karyerasini qurishi mumkin edi. Blinken u yerga juda mos tushardi”, deya munosabat bildirgan musiqiy tanqidchi Yevgeniy Babichev.

Kiritildi: 21:53 28.09.2023. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!