Bu urush emas. Biz Venesuelaga qarshi emas, balki narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga qarshi urush olib boryapmiz, deya intervyu berdi AQSh davlat kotibi.
Marko Rubioning bayonotlaridan iqtiboslar:
◾️ Biz Venesuyelaning ma’lum bir yo‘nalishda harakatlanishini istaymiz;
◾️ Ular Venesuelani Eron, Rossiya, “Hizbulloh”, Xitoy yoki Kuba razvedka agentlari uchun operasion markazga aylantira olmaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz;
◾️ Vashington dunyodagi eng yirik neft zaxiralari Qo‘shma Shtatlarning raqiblari nazorati ostida bo‘lishiga jimgina qarab turmaydi;
◾️ Bizga Venesuelaning nefti kerak emas. Qo‘shma Shtatlarning o‘zida yetarlicha neft bor.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi Marko Rubio AQSh “hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar” to‘liq hal qilinmaguncha, narkosavdogarlarga tegishli kemalarga zarbalar berishni va sanksiyalar ostidagi kemalarni qo‘lga olishni davom ettiradi, deya qo‘shimcha qildi.