O‘sish AQSh prezidenti Donald Trampning bojlar haqidagi yangi bayonotlaridan keyin ro‘y berdi.
Investing ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni holatiga ko‘ra bitkoin taxminan 82 200 dollarga teng.
Donald Tramp dunyoning 75 ta davlati uchun yuqori tariflar joriy etilishini 90 kunga to‘xtatib turish haqida buyruq berdi.
“Savdo, savdo to‘siqlari, tariflar masalasini muhokama qilish bo‘yicha AQSh vakillariga, jumladan Savdo vazirligiga 75 tadan ortiq davlat murojaat qilganini hisobga olgan holda hamda ushbu davlatlar AQShga nisbatan hech qanday javob choralarini ko‘rmaganini inobatga olib, men 90 kunlik tanaffus va shu davr mobaynida o‘zaro tarifni 10 foizgacha sezilarli darajada kamaytirishga ruxsat berdim. Bu qaror darhol kuchga kiradi. Ushbu masalaga e’tibor qaratayotganingiz uchun rahmat!” – deb yozdi Donald Tramp Truth Social platformasida