Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Birovning o‘rniga imtihonda kirmoqchi bo‘lgan 11 kishi ushlandi

Birovning o‘rniga imtihonda kirmoqchi bo‘lgan 11 kishi ushlandi

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan test sinovlarida qoidani buzgani uchun 17 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirildi.

Misol uchun, 11 nafar abituriyent o‘rniga boshqa shaxslar testga kirmoqchi bo‘lishdi. 6 nafar abituriyent esa imtihon o‘tadigan binoga o‘zi bilan mobil aloqa qurilmasi olib kirishga urindi. Albatta, bu holatlarga darhol chek qo‘yildi.

 

Xususan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro O‘.I fuqaro Xayriddinov Odilbek o‘rniga Toshkent davlat texnika universitetiga, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro F.S fuqaro Sirojov Olmos o‘rniga Qarshi davlat universitetiga kirish test sinovlarini bajarish uchun kirayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.Z ham imtihon jarayonida foydalanish maqsadida o‘zi bilan «Masterkard» rusumli telefon apparatini olib kirayotganda fosh bo‘ldi. Fuqarodan ushbu qurilma tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi hamda u testdan chetlashtirildi.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:10 10.08.2019. O'qildi: 3360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!