Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirildi

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirildi

Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

2024 yil 6 dekabr kuniga qadar birja savdolariga chiqarilayotgan AI-80 rusumidagi avtobenzin hajmi 2000 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu miqdorlar 10 dekabr kunidan boshlab o‘rtacha to‘rt barobar oshirilib, hozirgi vaqtda 8000 tonnadan qo‘yib borilmoqda.

Bundan tashqari, AI-92 rusumli avtobenzinni birja savdolarida sotish hajmi xam oshirilib, kunlik 4000 tonnaga yetkazildi.

2024 yil 13 dekabr kuni ham yana 8000 tonna AI-80 markasidagi avtobenzin birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, uning 7780 tonnasi xaridorlar tomonidan sotib olindi.

Birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini talab va taklifdan kelib chiqib, yanada oshirish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: Bugun 15:54. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!