Bugun 1-bosqich talabalari uchun birinchi o‘qish kuni. Talabalikka qabul qilinganlar o‘z xohishiga ko‘ra, ball yetmay qolgan yo‘nalishlardan birida ham super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.
Hech qaysi yo‘nalishga kira olmagan abituriyent esa 5ta yo‘nalishdan biriga super-kontrakt asosida da’vogar bo‘lishi mumkin.
Kontrakt to‘lash uchun oxirgi kun — 1 noyabr. Shu sanaga qadar bir yillik shartnoma pulining yarmi to‘lanishi va abituriyent talaba sifatida rasmiylashtirilishi kerak.
Darslar onlayn tarzda tashkillashtiriladi. 3 kundan 2 haftagacha davom etadigan an’anaviy tarzdagi tanishuv darslariga keladigan talabalar yotoqxonalarga joylashtirilmaydi.
Bu yil super-kontrakt to‘lovi Qabul komissiyasi belgilagan minimal miqdordan oshirilishi mumkin emas. Faqat moliyaviy mustaqil OTMlar narx oshirish huquqiga ega. Super-kontrakt pulini ikkiga bo‘lib, 50 foizini 1-dekabrgacha, ikkinchi yarmini 1-martga to‘lab bo‘lish kerak.